Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Braziliyada AQSh dan o‘tib ketdi

Xitoy Braziliyada AQSh dan o‘tib ketdi

Foto: «Questiondigital»

Braziliya iqtisodiyot vazirligining hisobotiga ko‘ra, 2003-yildan 2019-yilning mart oyiga qadar 71,3 mlrd. dollar sarmoya kiritgan Xitoy Braziliyaning eng yirik investoriga aylandi.

Hisobotda Braziliyaning eng yirik savdo hamkorlari — Xitoy, AQSh, Yaponiya, Fransiya va Italiya kiritgan sarmoyalar haqida ma’lumot berildi.

Xitoydan keyingi o‘rinda — Braziliyaga 15 yil davomida 58,3 mlrd. dollar kiritgan AQSh. Umuman olganda, 15 yil davomida besh hamkor mamlakat Janubiy Amerika mamlakatining 1 167 ta loyihasiga jami 187,8 mlrd. dollar kiritdi.

Jami sarmoyalarning 38 foizi Xitoyga to‘g‘ri kelsa, eng ko‘p sonli loyihalarga (41 foiz) AQSh pul tikkan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring