Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaltis geosiyosat: Xitoy mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqda

Qaltis geosiyosat: Xitoy mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqda

Xitoy hukumati bu yil mudofaa xarajatlarini 1,451 trillion yuanga (taxminan $229,07 milliard dollar) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Business Today xabar bermoqda.

XXR budjet loyihasi hujjatida qayd etilganidek, mudofaa xarajatlari 7,1 foizga oshadi. Mamlakat harbiy islohotlarni jadallashtirish va armiyani qayta jihozlashni rejalashtirmoqda.

«Demobilizatsiya qilingan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy ta’minlashga qaratilgan siyosiy yo‘riqnomalar tizimini takomillashtirish, iste’fodagi harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatchilarga beriladigan nafaqa va subsidiyalar stavkalarini oshirishni davom ettirish zarur», — deyiladi hujjatda.

Shunga qaramasdan, Pekinning harbiy harajatlarni oshirishi agressivlashib borayogan dunyo bilan bog‘liq. Xususan, Rossiya yaqin sherik bo‘lsa-da, potensial xavf tug‘dirishi mumkinligi aytilgan. Shuningdek dengizda AQSh bilan raqobat kundan kunga oshib bormoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring