Xitoy harbiy kemalari bir paytning o‘zida uch dengizda mashq o‘tkazdi
XXR harbiy-dengiz floti bir paytning o‘zida Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Sariq dengizda mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 11-fevral kuni «South China Morning Post» xabar berdi.
Sharqiy Xitoy dengizida Sharqiy qo‘mondonlikning uchta esminetsi (dushman suvosti kemalari, uchish qurilmalari, jumaladan, raketalar va kemalariga qarshi ko‘p maqsadli harbiy kema), jumladan, yangi — 052D toifasiga mansub kema manyovr va havoga qarshi mudofaa ko‘nikmalarini oshirgan.
Janubiy Xitoy dengizida «Weishanhu» ta’minot kemasi va «Youai» gospital kemasi jangovar sharoitda qutqaruv-qidiruv amaliyotlari va yonilg‘i olish hamda o‘q otish bo‘yicha mashqlar o‘tkazdi.
Sariq dengizda Shimoliy qo‘mondonlik kemalari qutqaruv amaliyotlari bo‘yicha keng ko‘lamli mashqlar olib bordi.
Nashr bu mashqlar AQSh va Yaponiya Tayvan sharqida hamkorlikda o‘tkazgan «Noble Fusion 2022» besh kunlik o‘quvlardan ikki kun so‘ng amalga oshirilganiga e’tibor qaratdi. Amerika-yapon harbiy mashqlarida AQShning «Abraham Lincoln» aviatashuvchisi, qariyb 15 ming amerikalik dengizchi va dengiz piyodasi, Yaponiyaning ming nafar harbiy xizmatchisi qatnashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter