Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy asir olingan hind harbiylarini ozod qildi

Xitoy asir olingan hind harbiylarini ozod qildi

Twitter.com

Xitoy uch kun oldin chegaradagi to‘qnashuv paytida asir olingan o‘nta hind harbiyini ozod qildi, deya xabar berdi «Hindu» gazetasi xavfsizlik xizmati manbalariga tayanib.

Nashrning yozishicha, hind harbiylari payshanba kuni oqshom Hindiston va Xitoy harbiy qo‘mondonlari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qo‘yib yuborildi.

Asir olinganlar, jumladan, podpolkovnik va uchta mayor sog‘-salomat qaytib kelishgan, deb yozadi gazeta. Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, hind harbiylaridan hech qaysisi bedarak yo‘qolmagan.

Dushanba kuni kechasi Galvan vodiysida Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatlarning yangi bosqichi boshlandi. Hindiston armiyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Ladakx viloyatining Galvan vodiysida xitoylik harbiylar bilan to‘qnashuv natijasida bir zobit va ikkita hind harbiy askari halok bo‘lishgan. Keyinchalik «ANI» agentligining xabariga ko‘ra, Hindiston tomonidan 20 ta harbiy, Xitoy tomonidan 43 kishi jarohatlangan — ular orasida halok bo‘lganlar va og‘ir yaralanganlar bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring