Xayrullo Bozorovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelgan Rahimov Sherzod Abduxalilovich Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sherzod Rahimov 1984-yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Toshkent davlat Agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda tarix o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2007-2010-yillarda FarDU aspiranti, 2010-2011-yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan. 2011-2015-yillarda «Kamolot" YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi raisi bo‘lib ishlagan. 2015-2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020-yil 22-yanvardan tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
2019-yildan buyon bu lavozimda ishlagan Fayzullajon Qosimov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, joriy yil 21-fevralda Bosh vazir kotibiyati «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter