Vaksinalar qora bozorga chiqib ketdi — Filippin
Filippinda COVID-19ga qarshi bironta vaksinaga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Biroq, xorij OAVlari yozishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinalar qora bozorga chiqib ketgan, xususan, xitoylik mehnat muhojirlari yashirincha emlanmoqda.
Vaksinalar mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan keltirilmoqda.
Vaksinalarning Filippin qora bozorlaridagi narxi Xitoydagi standart 30 dollardan bir necha baravar qimmat, deb yozmoqda «The Washington Post».
Xufiyona vaksinatsiya faqat xitoylik ishchilar bilan kuzatilayotgani yo‘q. 2020-yil dekabrida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte harbiylar Xitoyning «Sinopharm» kompaniyasi vaksinasi bilan emlangani haqida ma’lum qilgandi. Ushbu xabarni keyinchalik prezident xavfsizlik xizmati ham tasdiqladi.
Mamlakat mudofa vaziri Delfin Lorenzan mahalliy OAVga bergan bayonotida bu vaksinalar kontrabanda yo‘li bilan keltirilganiga iqror bo‘lgan, ammo davlat rahbari xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan qo‘riqchilarning salomat bo‘lishi uchun qilingan ishni «oqlagan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter