Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotadagi tug‘uruqxonada yong‘in kelib chiqdi. Uni shifokorlar o‘chirishdi

Olmaotadagi tug‘uruqxonada yong‘in kelib chiqdi. Uni shifokorlar o‘chirishdi

Foto: «Sputnik»

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi 1-sonli tug‘uruqxona shifokorlari reanimatsiya bo‘limida elektr simlarida kelib chiqqan yong‘inni mustaqil bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Shikastlanganlar yo‘q, deya xabar berdi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha shahar bo‘limi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni kechasi tug‘uruqxonaning reanimatsiya bo‘limidagi yong‘in signalizatsiyasi ishlab ketgan.

«O‘sha oqshom navbatchilik qilayotgan xodimlar fursatni boy bermasdan favqulodda vaziyatlar algoritmiga muvofiq aniq va bexavotir harakat qilishgan. O‘sha paytda reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan sakkiz nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq shifokor-akusher-ginekolog Parizod Sodiqova, bolalar hamshirasi Aray Jideliyeva va boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Shifokorlardan biri — Vitaliy Grushevskiy kukunli o‘t o‘chirgichdan ustalik bilan foydalanib, elektr simlardagi yong‘inni bartaraf etgan», — deb yozadi matbuot xizmati vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarning oqilona xatti-harakati bilan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgunga qadar yong‘in bartaraf etildi. Voqea natijasida hech kim shikastlanmadi.

Olmaota favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shifoxona rahbariyati va tibbiyot xodimlarini hushyorligi va yuqori professionalizmi uchun minnatdorchilik bildirdi. Yong‘inni bartaraf etishda ishtirok etganlarning hammasi mukofotga loyiq deb topildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring