Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning YIga kirishiga to‘siq: Vengriya Kiyevga ratifikatsiya shartlarini aytdi

Ukrainaning YIga kirishiga to‘siq: Vengriya Kiyevga ratifikatsiya shartlarini aytdi

Kiyev Zakarpatedagi vengerlarga nisbatan zulmni to‘xtatmasa Budapesht Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini ratifikatsiya qilmaydi.

Vengriya Ukrainada venger tilidan kengroq foydalanishga ruxsat berilmaguncha ratifikatsiyaga rozi bo‘lmaydi, dedi Vengriya Bosh vaziri ma’muriyati rahbari Gergeli Gulyash.

«E’tiboringizni Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomini berishni qo‘llab-quvvatlaganimizga qaratmoqchiman. Agar ular milliy ozchilik masalasiga befarq bo‘lsa, Vengriya ratifikatsiyaga rozi bo‘lmaydi… Ukrainaning til to‘g‘risidagi qonuni va ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari Yevropa standartlaridan yiroq», – deydi Gulyash hukumat brifingida.

Vengriya Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savolga Gulyash «har qanday davlat NATOga murojaat qilishi mumkin», ammo «Ukrainaning hozir NATOga kirishi jahon urushini anglatadi», deb javob berdi.

Avvalroq, Ukraina tili bo‘yicha ombudsman Taras Kremin Ukrainaning ko‘plab etnik vengerlar istiqomat qiladigan Zakarpat viloyatidagi maktablarda ukrain tilida ta’limni tashkil etishda muammolar aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Vengriya tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha davlat kotibi Tamaş Menzer Ukraina Zakarpatiya hududida venger milliy ozchiligiga nisbatan zulmni qabul qilib bo‘lmas deb atadi va mahalliy hokimiyatni vengerlarga nisbatan «vahshiylik»ni to‘xtatishga chaqirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring