Ukraina yoz oxirida Qrimni qaytarib olishi mumkin – AQSh generali
Joriy yil avgust oyi oxirida Ukraina qo‘shini Rossiya ishg‘oli ostidagi Qrim yarimorolini ozod qilishi mumkin, deb hisoblaydi AQShning Yevropadagi qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Hojes.
AQSh generali DW nashriga intervyusida Ukrainaning harbiy muvaffaqiyati G‘arb tomonidan uzoq masofaga aniq nishonni olish imkonini beruvchi qurol-aslaha yetkazishga bog‘liqligini qayd etgan.
«Ukraina bosh shtabi qulay ob-havo sharoitida qarshi hujumni amalga oshirish uchun puxta hozirlik ko‘rdi. Ob-havo sharoiti deganda yer quruq bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Muhimi, ular (Ukraina qurolli kuchlari – tahr.) logistikani yo‘lga qo‘yish uchun yetarlicha mashqlar o‘tkazishi lozim. O‘ylaymanki, o‘ta professional va juda mahsuldor hujumga guvoh bo‘lamiz», – deydi Ben Hojes.
Qayd etilishicha, Rossiya armiyasi qurol-aslaha yetishmovchiligi sabab «Ben Hojesga tengdosh», ya’ni 65 yillik qurollarni zaxiradan olib ishlatishga majbur bo‘lmoqda.
Avvalroq general Hojes G‘arb mamlakatlari Ukrainaga harbiy ko‘makda faollik ko‘rsatmasa, Rossiya ustidan g‘alaba ortga surilishidan ogohlantirgan edi.
O‘tgan hafta Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyev 5-7 oy ichida Qrimni qaytarib olishi va Rossiya tomonidan qurilgan ko‘prikni buzib tashlashi haqida bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter