Ukraina Rossiyadagi kimyo zavodiga zarba berdi
Ukraina dronlari Tula yaqinidagi kimyo zavodiga zarba berganidan so‘ng, korxonada portlashlar sodir bo‘lgan va xodimlar evakuatsiya qilingan.
Avvalroq, Rossiya hukumati Aleksin shahrining o‘qqa tutilishi natijasida bir nechta xususiy uylar shikastlangani, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligini bildirgan edi.
Ukraina razvedka xizmatidagi manbalarga ko‘ra, asosiy nishon – porox ishlab chiqarish sexi bo‘lgan. Bir kechada zavod hududiga kamida 13 ta dron zarba bergan va hozirda zavod tepasida to‘q sariq tutun ko‘tarilmoqda.
Ta’kidlanishicha, soat 13:00 dan keyin korxonada «kimyoviy moddalar yong‘ini» bilan bog‘liq yana bir portlash sodir bo‘lgan.
Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayevning ma’lum qilishicha, Tula yaqinidagi Aleksin shahrida (kimyo zavodi joylashgan) dron hujumi natijasida «to‘rtta xususiy uyning oynalari shikastlangan».
Xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan «Baza» kanaliga ko‘ra, zavodga 10 ta dron hujum qilgan, ulardan biri urib tushirilgan, sakkiztasi zavod hududiga qulagan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda zavoddan olingan bir nechta videolar e’lon qilindi, ularda to‘q sariq tutun ko‘rinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter