Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida yana zilzila yuz berdi

Turkiyaning Qahramanmarash viloyati, Go‘ksun tumanida 24 mart kuni soat 03:39 da zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i 7,34 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlar kuchi 4,7 ballni tashkil qilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi, ushbu silkinishlar qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriyada vayronagarchiliklarga olib keldi. Ayanchli zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter