Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 4 500 nafardan oshdi

O‘rxon Tatar.
Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 4 544 nafarga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xavflarni minimallashtirish departamenti boshlig‘i O‘rxon Tatar bayonot berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, jarohat olganlar soni 26 721 nafarga yetgan.
Millat boshiga kulfat yog‘ilgan pallada yuz berayotgan ayrim voqealar dilni xira qiladi.
Xususan, Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasi jamiyatda vahima va qurquv uyg‘otish maqsadida provokatsion xabarlar tarqatgan yetti kishini qo‘lga olgan. Bundan tashqari, jabrlanganlarga ko‘maklashish niqobi ostida ochilgan 16 ta fishing sayti fosh etilgan, bu pullar o‘tkazilgan bir necha kriptohamyonlar muzlatilgan. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda davlat muassasasi nomi ostida yashiringan to‘rtta akkaunt aniqlangan.
Turkiyada ayni vaziyatda ahvol shunday: tabiiy ofat oqibatlariga hamda insoniylikka zid xatti-harakatlarga qarshi kurash ketmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter