Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 44 374 nafarga yetdi

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 374 nafarga yetdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligi (AFAD) xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6-fevralida Turkiya janubi-sharqida va Suriyaning chegaradosh hududida 7,8 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘lgandi. Zilzila o‘chog‘i Qahramonmarashdagi Pazarjik tumanida, 7 km chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan va qurbonlar bergan hududlar — Qahramonmarash, Hatay, G‘oziantep, Kilis, Osmoniye, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbenkir, Adana.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter