Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 29 605 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 29 605 nafarga yetdi

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) bugun, 12-fevral kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, 6-fevraldagi 7,7 magnitudali zilziladan buyon Qahramonmarashda 2 103 ta aftershok (takroriy zilzila) qayd etildi.

AFAD bergan ma’lumotlarga ko‘ra:

  • Zilzila zonasida olib borilayotgan qutqaruv ishlarida jami 218 406 nafar xodim hamda 12 487 ta avtomashina va zarur ish texnikalari xizmat ko‘rsatmoqda.
  • Zilzila hududidagi 106 428 nafar fuqaro boshqa viloyatlarga evakuatsiya qilingan.
  • Turkiya tashqi ishlar vazirligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida boshqa davlatlardan yordam berish maqsadida kelgan 8 294 nafar xodim ofat hududiga yuborilgan.
  • 70 ta samolyot, 114 ta vertolyot, 26 ta kema, 45 ta uchuvchisiz samolyot, 9 ta dron zilzila hududlarida xizmat qilmoqda.
  • Zilziladan jabr ko‘rgan hududlarga Qizil yarim oy jamiyati va Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 334 ta ko‘chma oshxona, 33 ta ko‘chma nonvoyxona va 86 ta umumiy ovqatlanish vositasi va 83 ta hammom/kir yuvish jihozlari yetkazib berilgan.
  • Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlardagi fuqarolarga, issiq ovqat, yegulik mahsulotlari va ichimliklar tarqatilmoqda.
  • Hududlarga 2 174 nafar shaxsiy tarkib va 327 ta avtomashina ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun jo‘natilgan.
  • Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarga 175 960 ta chodir, 1 507 494 ta adyol yuborilgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 29 605 nafarga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring