Turkiyadagi deportatsiya markazida yong‘in chiqqan. U yerda saksonga yaqin o‘zbekistonlik ham bor edi
Joriy yilning 4-iyul kuni Turkiyaning Chankiri viloyati deportatsiya markazida yong‘in sodir bo‘lganligi va u yerda 76 nafar turli xildagi qonunbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham borligi haqida xabar tarqaldi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in qisqa muddat ichida bartaraf etilgan. Markaz ichidagi barcha xodim va xorijlik fuqarolar qutqarilgan. 9 nafar shaxs (O‘zbekistonlik emas) tutundan zaharlanganlar. Shifoxonada davolanlarning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
Markazda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Akyurt, Ig‘dir, Tuzla va Van deportatsiya markazlariga o‘tkazilgan.
Yong‘ini kelib chiqishida gumonlanuvchi sifatida 6 nafar shaxsga (Eron, Jazoir, Turmaniston va 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi) nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu shaxslar markazdagi adyol, choyshab, yostiq jildi va sochiqlarni yoqish orqali yong‘inni keltirib chiqarganligi haqida rasmiylar e’tirof etmoqdalar.
O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarimizga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter