Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada zilzila qurbonlari soni kundan-kunga ko‘paymoqda

Turkiyada zilzila qurbonlari soni kundan-kunga ko‘paymoqda

Foto: «RIA Novosti»

Turkiya g‘arbida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 107 nafarga yetdi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi xabar berdi.

Avvalroq 105 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingandi.

«Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida 107 kishi olamdan o‘tdi, 1027 kishi jarohatlangan. 144 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda davolanmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, zilziladan so‘ng 1528 ta aftershoklar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabr kuni kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 13:31 (Toshkent vaqti bilan 16:31)da Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida ba’zi binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolib ketgan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring