Turkiyada yo‘lovchilar to‘la mikroavtobus ko‘chki ostida qoldi (video)
Turkiyaning Artvin–Erzurum avtomagistralida yo‘lovchilarni olib ketayotgan mikroavtobus ko‘chkiga duch keldi.
To‘rt kishi jarohat olgani aytilmoqda.
TRT Haber xabariga ko‘ra, ko‘chki Deriner-3 tunneliga kiraverishda sodir bo‘lgan. Tuproq va toshlar tunnelga kirish yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar yangi ko‘chkilar ehtimolini o‘rganishmoqda.
Artvin-Erzurum kara yolu ulaşıma kapandı, bir servis aracı toprak altında kaldı.
— TRT HABER (@trthaber) February 23, 2023
Artvin’de heyelan anları kamerada.https://t.co/wVcCP4GXLZ pic.twitter.com/QnH8hNfDd3
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter