Turkiyada yana zilzila kuzatildi

Turkiyaning Adana viloyatida 4,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Saimbeyli shahrida seysmik faollik soat 15:46da boshlangan. Zilzila chuqurligi 6,67 kilometrni tashkil etgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali vayronkor zilzilalar sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter