Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada vaziyat jiddiy: dam olish kunlari komendantlik soati e’lon qilindi

Turkiyada vaziyat jiddiy: dam olish kunlari komendantlik soati e’lon qilindi

Foto: «AP Photo/Turkish Presidency»

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi, deya e’lon qildi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

«Dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi. Soat 10:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘i bundan mustasno», — deya uning so‘zlarini keltiradi «Anadolu» agentligi.

Shu munosabat bilan Turkiya rahbari barcha sport musobaqalari avvalgidek tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini, kinoteatrlar esa yilning oxirigacha ochilmasligini ma’lum qildi.

Savdo markazlari, bozor va sartaroshxonalar kabi muassasalarning ish faoliyati soat 10:00 dan 20:00 gacha chegaralanadi. Restoran va qahvaxonalar olib ketish sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Turkiyada koronavirusga chalinish sonining ko‘payishi qayd etildi: 16-noyabr holatiga ko‘ra mamlakatda 3,3 mingta yangi COVID-19 holati kuzatildi. Pandemiya boshlangandan beri respublikada kasallanganlar soni 415 ming kishidan oshib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring