Turkiyada muzlatkichdan to‘rt kishining bo‘laklangan jasadlari topildi

Turkiyaning Izmirida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Muhojirlar yashagan xonadondagi muzlatgichdan to‘rt kishining bo‘laklangan jasadlari topildi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi turkmanistonlik. Uch ayol va bir erkak Bayroqli tumanidagi ikki qavatli uyda yashagan. Vahshiy qotillikda ularning tanishi Turkmaniston fuqarosi gumon qilinmoqda. Hozir politsiya uni qidirmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, qotillik bir hafta oldin sodir bo‘lgan, chunki bu vaqt davomida marhumlar yaqinlarining qo‘ng‘iroqlariga javob berishmagan. Qarindoshlaridan biri bedarak yo‘qolganlarni topish uchun Istanbuldan Izmirga kelgan, biroq unga hech kim eshikni ochmagan. Keyin u politsiyachilarga murojaat qiladi, ular ichkariga kirib, muzlatgichdan bo‘laklangan jasadlarni topishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter