Turkiyada bino krani qulab tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Kecha, 30-dekabr kuni Turkiya g‘arbidagi Izmir shahrida bino krani qulab tushdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Turkiyaning NTV telekanaliga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan.
Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa ko‘p qavatli mehmonxona qurilishida sodir bo‘lgan.
TRT telekanali qutqaruv xizmatlaridagi manbalarga tayanib xabar berishicha, hodisa kranni ko‘tarish bo‘yicha ish olib borilayotganda, yukka bardosh bera olmay, qisman qulab tushganida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter