Turkiya NATOning geografik kengayishini qo‘llab-quvvatlaydi

Turkiya dunyoda barqarorlikni ta’minlash uchun NATOning geografik kengayishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Altun «Middle East Eye» nashriga bergan maqolasida aytib o‘tgan.
«Turkiya ittifoqning kengayishi sayyoramizda mustahkam tinchlik va barqarorlik garovi, deb hisoblaydi», deb yozgan siyosatchi.
Uning qayd etishicha, Anqara Shimoliy Makedoniyaning NATOga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlagan va Bosniya va Gersegovinaning ittifoqqa kirishi tarafdori hisoblanadi.
Turkiyaning NATO kengayishini qo‘llab-quvvatlashi aniq bir davlatga qaratilgan emas, balki alyansni barqarorlikka erishishga yordam beradigan keng qamrovli xavfsizlik tashkilotiga aylantirishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, Turkiya avvalroq Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter