Turizmga «eng qaram» shahar aniqlandi
![Turizmga «eng qaram» shahar aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2169331603.jpg)
Meksikaning Kankun shahri — turizmga «eng qaram» shahar. Shahar yalpi ichki mahsulotining 49,6 foizini sayyohlardan ishlaydi. Bu haqda Jahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) ma’lum qildi.
E’tiborli jihat: meksikaliklarning mashhur bu kurorti 1972-yilgacha oddiy baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan. Hozir unga asosan AQSh dan (63 foiz) sayyohlar kelishadi.
Ikkkinchi o‘rinda — Marokashning Marrakesh shahri. Turizm shahar g‘aznasining 30,2 foizini ko‘tarmoqda. Sayyohlar asosan fransuzlar.
Makao (Xitoy) yetakchi uchlikda — YaIMning 29,3 foizini sayyohlar keltirmoqda.
To‘rtinchi o‘rinda Orlando (AQSh, YaIMning 18,7 foizi), Antalya (Turkiya, YaIMning 17,6 foizi) beshinchi pog‘onada.
Taqdiri turizmga bevosita bog‘liq shaharlar o‘nligiga Venetsiya, Las-Vegas, Bangkok, Dubay va Dubrovnik ham kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter