Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Zelenskiy haqida aytgan gapidan tondi

Tramp Zelenskiy haqida aytgan gapidan tondi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni diktator deb ataganini rad etdi.

Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan Oq uyda uchrashuvdan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytargan. OAV xodimlaridan biri Trampdan «Ciz hali ham Zelenskiyni diktator deb hisoblaysizmi?» deb so‘ragan. «Men shunday debmanmi? Aql bovar qilmaydi», deya avvalgi bayonotidan tongan AQSh rahbari.  

Avval xabar berganimizdek, Tramp ma’muriyati Kiyevga ko‘rsatilgan moliyaviy va harbiy ko‘mak evaziga Ukraina hukumatidan AQShga 500 milliard dollarlik foydali qazilmalardan foydalanish huquqi berilishi ko‘zda tutilgan bitim taklif qilgandi. Bu bitimni Zelenskiy rad etgan.

Tramp AQSh Ukrainaga 2022-yil fevraldan buyon, ya’ni Rossiya agressiyasi boshlanganidan keyin 350 milliard dollar ko‘mak ko‘rsatganini aytgan. Ammo Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar ko‘rsatgan jami ko‘mak 100 milliard dollarga yaqin ekani, u ham qarz emas, grant ko‘rinishida berilganini ma’lum qilgan.

E’tirozli bayonotlar ortidan Tramp Zelenskiyni bir necha bor keskin tanqid qilgan. Jumladan, prezident saylovi o‘tkazmayotgani vajidan uni «diktator» deb atagan va reytingi 4 foizga tushib ketganini iddao qilgan.

Pirovardida Zelenskiy Ukrainada tinchlikka erishish va mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun prezidentlikdan ketishi sharti qo‘yilsa, bunga rozi ekanini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring