Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Xitoy aviakompaniyalariga urush e’lon qildi

Tramp Xitoy aviakompaniyalariga urush e’lon qildi

Foto: «Reuters»

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy aviakompaniyalariga urush e’lon qildi — ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi parvozni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

AQSh yetakchisi o‘z qarorini Xitoy rahbariyatining Amerika aviakompaniyalariga parvozlarni to‘liq tiklash huquqidan mahrum qilgan harakatlariga javob deb atadi. AQSh taqiqi 16-iyundan kuchga kiradi, biroq Tramp jarayonni tezlashtirish huquqiga ega.

Ta’kidlanishicha, Amerika aviatashuvchilari 1-iyundan Xitoy bilan avvalgi ish tartibiga qaytishga tayyor edi. «Biz AQSh hukumatining huquqlarimizni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi «Delta Air Lines» va «United Airlines» kompaniyalari qo‘shma relizida. Ma’lumki, AQSh transport vazirligi Pekinning harakatini Xalqaro havo transporti kelishuvining buzilishi deb hisoblaydi.

May oyining oxirida AQSh savdo vazirligi Xitoyning 33 ta davlat va tijorat tashkilotlarini qora ro‘yxatga kiritdi. Institutlar, universitetlar va qator yuqori texnologik kompaniyalar shular jumlasidan. To‘qqizta tashkilot, AQSh hukumatining fikriga ko‘ra, XXRning Sinszyan-Uyg‘ur avtonomnom hududida inson huquqlarining buzilishiga aloqador. 24 ta kompaniya «AQSh tashqi siyosati va milliy xavfsizlik manfaatlariga zid» faoliyatga daxldorligi uchun ro‘yxatga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring