Tramp niqob taqish vaqt-soati kelganini aytdi
![Tramp niqob taqish vaqt-soati kelganini aytdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_32686899.jpg)
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi davrida ilk bor tibbiy niqobda omma oldiga chiqdi.
Davlat rahbari shanba kuni Vashington yaqinidagi «Walter Reed» gospitaliga tashrif buyurdi. U yerda harbiy harakatlar paytida yaralangan harbiy xizmatchilar ham davolanishmoqda. Tramp to‘q ko‘k rangli niqobni taqib olgandi. Niqobning yon tomoniga oltindan prezident muhri ham tushirilgan.
«Menimcha, niqob taqish — ajoyib. Men hech qachon niqobga qarshi bo‘lmaganman. Faqat hamma narsaning ham o‘z vaqt-soati bor», — degan Tramp jurnalistlarga.
Avvallari Tramp ommaviy tadbirlarda niqob taqmasdi. Lekin niqobda ham yaxshi ko‘rinishini — vestern qahramonlariga o‘xshab qolishini aytgandi.
AQShning ko‘pgina shtatlari koronavirus epidemiyasi tufayli jamoat joylarida niqob taqishni buyurmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter