Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovga bir hafta qolganida Trampning «odami» Oliy sud sudyasi bo‘ldi

Saylovga bir hafta qolganida Trampning «odami» Oliy sud sudyasi bo‘ldi

Foto: «EuroTopics»

Prezident Donald Tramp ilgari surgan Emi Koni Barrett nomzodini AQSh Senati ko‘pchilik ovoz bilan Oliy sud sudyasi lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda «Vesti» xabar berdi.

Nomzodni respublikachilarning 52 nafari yoqlab, senatorlarning 48 nafari (ular orasida birgina respublikachi bor) qarshi ovoz berishdi.

48 yoshli Emi Barrett — yetti farzandning onasi, konservativ katolik. Tramp 2018-yilda ham uning nomzodini Oliy sud sudyaligiga ilgari surishni ko‘zda tutgan, biroq fikrini o‘zgartirgandi.

AQSh Oliy sudi a’zolari to‘qqiz kishi — prezident saylovlari yakunida berilgan ovozlarni hisoblashda ziddiyat yuzaga kelib, yutqazgan nomzod o‘z mag‘lubiyatiga iqror bo‘lmagan taqdirda, yakuniy so‘zni aynan ular aytishadi, kim prezident bo‘lishini hal qilishadi.

Oliy sud sakkiz a’zosining besh nafari respublikachi-prezidentlar tomonidan qo‘yilgan, ikki nafari aynan Trampning «odamlari». Aytish kerakki, 3 noyabrdagi saylov arafasida Donald Tramp o‘z vakolatidan foydalanib, muhim yurish qilishga ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, Demokratlar partiyasi Oq uy xo‘jayinidan Oliy suddagi vakant o‘rinni birpasda to‘ldirib qo‘ymaslikni, bu imkoniyatni noyabrdagi saylov g‘olibiga qoldirishni talab qilgandi.

Tramp ham o‘zicha haq: o‘rnimda demokratlar vakili bo‘lganida sudyani tayinlash uchun 3-noyabrni kutib o‘tirmasdi, degan fikrda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring