Tramp Eronni aybladi
AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan respublikachilar nomzodi Donald Tramp Eronni Amerikadagi saylovga «bevosita aralashish»da aybladi.
Gap shundaki, eronlik xakerlar Tramp shtabining ichki hujjatlarini o‘g‘irlab, raqib partiya vakillari — demokratlarga jo‘natib yuborishgan.
Tramp Nyu-Yorkda tarafdorlari qarshisida shunday dedi:
«Mana sizga chet davlatning bizning saylovimizga real aralashishiga yaqqol misol. Bu sizga menga uyushtirilgan Rossiya bilan bog‘liq uydirma emas» (Tramp 2016-yilgi saylovni Rossiya aralashuvi natijasida yutgan degan gumonlar paydo bo‘lgandi — tahr.).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter