«Tolibon»ning ashaddiy dushmani Ahmad Mas’ud qayerda?

Shu yilning 6-sentyabr kuni «Tolibon» tomonidan so‘nggi hudud — Panjsher egallangani xabar berildi.
Viloyat hokimi, qarshilik kuchlari boshlig‘i Ahmad Mas’ud taqdiri esa noma’lumligicha qoldi.
Eronning FARS agentligiga ko‘ra, Mas’udning Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali Turkiyaga ketgani bo‘yicha xabarlar yolg‘ondir. U xavfsiz joyda va Panjsher bilan aloqani yo‘qotmagan.
Yetakchining aniq manzili xavfsizlik sabab aytilmagan.
Panjsherning asosiy hududlari to‘liq «Tolibon» nazoratida bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Mas’ud afg‘on xalqiga videomurojaat yozib, aholini «Tolibon»ga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter