Toliblar bola o‘g‘rilarini ushlashdi

«Tolibon» harakatining xavfsizlik xizmati askarlari Mozori Sharif shahrida bola o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadigan to‘dani qo‘lga tushirdi, deya yozmoqda «Politekspert».
Operatsiya paytida 4 nafar bola qutqarilgani aytilgan. 13-sentyabrga o‘tar kechasi uyushtirilgan hujumda 4 afg‘on va bir ayol ushlangan.
Qayd etish kerak, Mozori Sharif Afg‘onistonning eng yirik shaharlaridan biri hisoblanib, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter