Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» va Isroil o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ladimi? Diplomat fikri

«Tolibon» va Isroil o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ladimi? Diplomat fikri

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning fikricha qudratdagi «Tolibon» harakati G‘azodagi urushga qo‘shilmaydi. Diplomatning aytishicha, hozircha toliblar tomondan mojaroga aralashish bo‘yicha real harakatlar yo‘q. 

«Biz «Tolibon»ning Yaqin Sharqdagi mojaroga tortilishi uchun hech qanday tahdidni ko‘rmayapmiz», dedi Kabulov.

24-oktabr kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Eron va u dastaklaydigan «Hizbulloh» qurolli guruhi Yaqin Sharqdagi mojarodan foydalanmasliklari kerakligini aytdi.

U, shuningdek, urushning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil G‘azoni bombalashga kirishgach, «Tolibon» o‘rtadagi musulmon mamlakatlari izn bersa Isroilga hujum qilishlarini aytib, keskin bayonot bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring