Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» o‘zbek komandirini hibsga oldi

«Tolibon» o‘zbek komandirini hibsga oldi

Afg‘onistonning Samangan viloyatida «Tolibon» vakillari o‘zbek komandirini hibsga olgan. Bu haqda «8 subh» nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, uning ismi Junadulla bo‘lib, Samangan viloyati Razvedka boshqarmasining tezkor amaliyot bo‘linmasi komandiri sifatida ishlagan. Unga Milliy qarshilik fronti bilan hamkorlik qilish aybi qo‘yilgan.

Mulla Junadulla toliblar hokimiyatga kelgach, Samangan viloyati qishloq xo‘jaligi va hayvonot boshqarmasiga direktor etib tayinlangan, keyinroq razvedka boshqarmasiga o‘tkazilgandi. Qarindoshlarining fikricha, u fitna qurboni bo‘lgan.

«Tolibon» rasmiylari hozircha ushbu xabar bo‘yicha izoh berganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring