«Tolibon» maxsus komissiya tuzganini e’lon qildi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati Kobul xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus komissiya tuzdi. Bu haqda Afg‘onistonning Aamaj News agentligi ma’lum qildi.
«Vaqtinchalik kabinet raisi o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar boshchiligida poytaxt xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi», — deya xabar bergan «Tolibon» vakili.
Qayd etilishicha, komissiya Kobuldagi tahdidlar, xususan, qurolli hujumlar, raketa yoki ekstremistlar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan terror hujumlarining oldini olish maqsadida tuzilgan.
Oxirgi bir oy mobaynida Kobulga bir nechta raketa hujumlari uyushtirildi, ular uchun javobgarlikni IShIDning Xurosondagi jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter