Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» AQShga ayblov qo‘ydi

«Tolibon» AQShga ayblov qo‘ydi

«Tolibon» harakati vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Amerika uchuvchisiz uchoqlari go‘yoki Afg‘oniston havo hududini buzgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu samolyotlar, shubhasiz, AQShga tegishli», deydi Mujohid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar ba’zi qo‘shni davlatlar hududidan uchmoqda. U tomonlarni bu masalada «o‘z mas’uliyatini anglash»ga va tajovuzni to‘xtatishga chaqirdi.

Harakat vakilining qayd etishicha, qo‘shni davlatlar Afg‘onistonga zarar yetkazish uchun Amerika dronlariga o‘z havo hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Avvalroq, «Tolibon» Moskvadagi teraktni o‘z bo‘yniga olgan IShIDning «Xuroson» bo‘linmasini yo‘q qilishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring