«Tolibon» AQSh bilan «gaplashib olish» uchun Qatarga jo‘nadi
![«Tolibon» AQSh bilan «gaplashib olish» uchun Qatarga jo‘nadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2388385490.jpg)
«Tolibon» harakati delegatsiyasi AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa tomon vakillari bilan maslahatlashish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, delegatsiyaga «Tolibon» tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mo‘ttaki boshchilik qiladi. Shuningdek, delegatsiya tarkibida ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya, xavfsizlik vazirliklari hamda mamlakat markaziy banki vakillari bor.
«Tolibon» amerikalik diplomatlar Tom Vest va Rina Amiri bilan muzokara olib boradi. Bu diplomatlar yaqinda Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilishgan edi.
Qozog‘iston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ular uning afg‘onlarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini olqishlab, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qayd etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter