Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqladi

«Tolibon» Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqladi

«Tolibon» harakati butun Afg‘oniston bo‘ylab marixuana yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda Tolibon oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda imzolagan farmonda aytiladi.

Taqiq mamlakatning barcha fuqarolariga tegishli.

Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun ishlab chchiqaruvchilardan biri hisoblanadi. 2009 yilda taqdim etilgan BMT ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda nasha etishtirish uchun ajratilgan er maydoni 10 000 dan 24 000 gektargacha bo‘lganligi taxmin qilingan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning avgust oyida AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqishi fonida «Tolibon» kuchlari hukumatga qarshi kurash boshlab, poytaxt Kobulni egallagan edi.

Shundan so‘ng «Tolibon» muvaqqat hukumat tuzib, yangi hukumatni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi uchun siyosiy harakatlarni amalga oshirishini e’lon qildi.

Shu vaqtga qadar «Tolibon» harakati xalqaro terrorchilarga qarshi kurashni kuchaytirib, mamlakatda narkotik moddalarni yetishtirishni taqiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring