«Tolibon» Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishni taqiqladi
«Tolibon» butun Afg‘oniston bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqladi.
Bunday farmon «Tolibon» harakati yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda tomonidan chiqarilgan. Hujjatda barcha turdagi giyohvandlik vositalari va alkogolli mahsulotlardan foydalanish, tashish, eksport va import qilishni taqiqlash ham nazarda tutilgan.
Taqiqni buzganlar shariat qonunlari asosida jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning jahonda opiy ishlab chiqarishdagi ulushi 80 foizga yaqinlashmoqda. 2021-yil noyabrida, Tolibon hokimiyat tepasiga kelganida, BMT Afg‘onistonda opiy ishlab chiqarish 8 foizga oshganini ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili opiy ishlab chiqarishdan olingan foyda 1,8 milliard dollardan 2,7 milliard dollargacha yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter