Tojikiston poytaxtida «blekaut» sodir bo‘ldi
Bugun, 1-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:10 larda Tojikiston poytaxti elektr energiyasiz qoldi.
Dushanbe aholisi butun shahar bo‘ylab elektr energiyasi o‘chirilgani va natijada issiqlik va suv ta’minotida ham uzilishlar sodir bo‘lganidan shikoyat qilmoqda.
Bundan tashqari, aholi ayrim uyali aloqa operatorlari bilan aloqa yo‘qligi va internetga kirishda muammolar borligini bildiryapti.
Hozircha «blekaut» sabablari ma’lum emas. Rasmiy idoralar ham jim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter