Tojik-qirg‘iz chegarasining 43 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishildi
Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari umumiy chegaraning 43,32 kilometri bo‘yicha kelishib oldi. Tojikistonning «Xovar» axborot agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar tegishli bayonnomani imzolagan.
Agentlikning qayd etishicha, tadbir do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tgan. 2023-yil 3-oktyabrdan 7-oktyabrgacha Qirg‘izistonning Botken viloyatida ikki davlat hukumati delegatsiyalarining huquqiy masalalar bo‘yicha hamda topografik ishchi guruhlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Keyingi yig‘ilish Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.
2023-yilning 2-oktyabr kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov va Qirg‘iziston MXX raisi Kamchibek Tashiyev boshchiligidagi ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralarda o‘zaro kelishuv protokoli imzolangan. Delegatsiyalar rahbarlari mazkur hujjat chegaradosh hududlar aholisi o‘rtasida hududiy da’volar tufayli vaqti-vaqti bilan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etishini, yaqin kunlarda Davlat chegarasining barcha uchastkalarini belgilash bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter