Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«The Guardian»: «Erdo‘g‘onni hukumat tepasidan tushiring»

«The Guardian»: «Erdo‘g‘onni hukumat tepasidan tushiring»

Foto: «Hurriyet»

Angliyaning «The Guardian» gazetasi Erdo‘g‘onni «Turkiya va dunyo uchun xavfli shaxs» ekanini, uni hukumat tepasidan tushirish kerakligini yozdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi yozmoqda.

G‘arb gazetalari Turkiyada o‘tkaziladigan prezidentlik va parlament saylovlari arafasida Erdo‘g‘onga qarshi targ‘ibotlar olib bormoqda.

«The Guardian» gazetasi bilan birgalikda yana ko‘plab nashrlar Turkiyada adolat yo‘qligini, mamlakat iqtisodiyotidagi nayranglar, Erdo‘g‘onning yakkahokimga aylangani haqida yozmoqda.

AQShning «CNN» kompaniyasi: «Erdo‘g‘onning muddatidan oldingi saylovlardagi qimori foyda bermasligi mumkin» sarlavhali xabarda: «Erdo‘g‘on ushbu saylovlar arafasida avvalgi Turkiya haqida targ‘ibotlar olib borgan. Raqib nomzodlar kuchli. Shu bois bu safar Erdo‘g‘on yutqazishi mumkin», — deb yozgan.

«Bloomberg» kompaniyasi esa «Yoshlar Erdo‘g‘oning Turkiyasidan norozi» sarlavhali xabarda turkiyalik yoshlar saylovlarda Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlamasligini keltirgan.

Angliyaning «Economist» jurnali «Erdo‘g‘on va uning partiyasi — Adolat va taraqqiyot partiyasi zafar quchsa, Turkiyada yakkahokimiyat o‘rnatilgan bo‘ladi», — degan.

G‘arb mediasining bu xatti-harakatlari «TRT World» telekanalining «2018 yilgi Turkiya saylovlarining G‘arb mediasida yoritilishi» mavzusidagi ko‘rsatuvida jiddiy tanqid ostiga olinib, ilg‘or demokratiyani da’vo qilayotgan G‘arbning noxolisliklari, mavzuni yoritishda xolislikdan mutlaqo yiroqligini ochib bergan.

«TRT World» telekanalining bu tanqididan «Agence France», «Associated Press» axborot agentliklari hamda  «Washington Post», «New York Times», «The Guardian» gazetalari ham «ulushi»ni olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring