Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tejamkor yapon ayoli uchta uy uchun pul yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi

Tejamkor yapon ayoli uchta uy uchun pul yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi

foto: internet, ochiq manba

Saki Tamogami 19 yoshida o‘z oldiga maqsad qo‘ydi – uchta uy sotib olish. Va ayol buni uddaladi.

Saki ko‘chmas mulk agentligiga ishga kirgach, imkoni boricha hamma narsaga pul tejashni boshladi. U kiyim-kechak sotib olmadi, balki oila a’zolari va do‘stlaridan sovg‘alarni qabul qildi. Yoki bor kiyimlarini yillar davomida kiyishga odatlandi. Xonim hatto go‘zallik salonlariga borishni ham qisqartirdi, albatta, oziq-ovqatni tejab, kunlik oziq-ovqat xarajatlarini taxminan 1,4 dollargacha kamaytirdi. Uning taomi asosan ugra, turp, rediska va shunga o‘xshash foydali, lekin arzon ovqatlar edi. Umuman olganda, Sakining shiori arzonlashtirilmagan narsalarni sotib olmaslik. Bu oson bo‘lmadi, lekin oy sayin o‘sib borayotgan mablag‘ Sakiga taskin berdi.

Shunday qilib, uning orzusi ushaldi va hozir 37 yoshli ayolning uchta uyi bor: birinchisini 69 ming dollarga, ikkinchisini 124 ming dollarga va uchinchisini 256 ming dollarga sotib oldi. Ko‘pchilik Sakini uning qat’iyati va tejamkorligi uchun maqtaydi, ammo ba’zilar o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha yaxshi narsalardan voz kechilgan hayotni ma’qullamaydi. Aytgancha, Saki xonim maqsadiga erishganiga qaramay haliyam tejamkor hayotda yashamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring