Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaziyatni chigallashtirmang!» – Tashiyev qirg‘izistonliklarni ogohlikka chaqirdi

«Vaziyatni chigallashtirmang!» – Tashiyev qirg‘izistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev aholini davlat chegaralari masalasida ehtiyot bo‘lib fikr bildirishga chaqirdi.

«Chegara va chegaraoldi hududlarida yuzaga kelayotgan barcha muammoli masalalarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan, muzokaralar stolida hal qilish kerak. Chegara masalalari ikki davlat manfaatlariga daxldor. Shu bois, turli darajadagi amaldorlar ham, oddiy fuqarolar ham chegaradagi vaziyatning keskinlashuviga hissa qo‘shib, shoshma-shosharlik bilan gapirmasligi kerak. Bugun barchamizga – Qirg‘izistonga ham, Tojikistonga ham tinchlik va barqarorlik, ikki davlatning barqaror rivojlanishi kerak», – deydi Qamchibek Tashiyev.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi kunlarda Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarida bir muddat oldin O‘zbekiston nazoratida bo‘lishi aytilgan Kampirobod suv omborining Qirg‘izistonga qaytarilishini so‘rab mitinglar va norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ular hukumatini guyoki mamlakat yerlarini sotib yuborayotganlikda ayblashmoqda.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi chegaralar bo‘yicha o‘zaro kelishuvlar haqida esa avvalroq yozilgan edi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring