Taniqli milliarderning quruvchilik kompaniyasi namoyishchilarni g‘isht bilan ta’minlaganlikda gumon qilindi
Milliarder Uorren Baffetning «Berkshire Hathaway» investitsiya xoldingi tarkibiga kiruvchi «Acme Brick» qurilish kompaniyasi amerikalik namoyishchilarni g‘isht yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilindi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iyun oyining boshlarida «Twitter»da «Acme Brick»ni ayblovchi xabar paydo bo‘lgan. Unga ko‘ra, mazkur kompaniyaga tegishli g‘ishtlar tartibsizliklar bo‘layotgan Dallasga tutash ko‘chalarda ataylab qoldirib ketilgan. Kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori Britt Stouks xabarga ko‘zi tushgan. U buyurtmani kuzatish natijasida g‘isht uy-joy mulkdorlari uyushmasi tomonidan devorlarni ta’mirlash uchun yetkazilganini aniqladi.
Ma’lumotni mahalliy politsiya ham tasdiqladi. Lekin bu internetda mish-mishlarning tarqalishiga to‘sqinlik qilolmadi. Ko‘p o‘tmay shunga o‘xshash xabarlar boshqa ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo‘ladi boshladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng «sirli» g‘isht haqida «Fox News» ham so‘z ochdi. G‘isht bilan namoyishchilarning aloqasi haqidagi virusli roliklar Oq uy akkauntida ham paydo bo‘ldi. Biroq million marta ko‘rilgandan so‘ng o‘chirib tashlandi.
Kompaniya barcha ayblovlarni rad etdi. «Acme Brick» buzg‘unchilik bilan emas, quruvchilik bilan shug‘ullanadi», — deyishdi rasmiylar.
AQShning o‘nlab shaharlarida Minneapolisda shafqatsizlarcha hibsga olingan Floydning o‘limi yuzasidan politsiyaning shafqatsizliklariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim shtatlarda noroziliklar tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va bosqinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter