Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya Erondan 300 mlrd dollar tovon undirmoqchi

Suriya Erondan 300 mlrd dollar tovon undirmoqchi

Eron «jinoiy va o‘zboshimchalik» faoliyati bilan Suriya xalqi va davlatiga yetkazgan zarari uchun 300 milliard dollar tovon to‘lashi shart. Suriyaning yangi hukumati bu borada xalqaro organlarga murojaat qilmoqchi ekanligi haqida Al Modon yangi hukumatga yaqin manbasiga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Eron o‘z xatti-harakatlari bilan Suriya xalqi va mamlakat infratuzilmasiga katta zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, Suriya (yangi hukumat) va Eron o‘rtasidagi aloqa butunlay uzilgan va yaqin kelajakda tiklanishi kutilmayapti: fors davlatining Damashqda elchixonasi yoki Halabda konsulxonasi ochilishi rejada yo‘q.

Avvalroq Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy Eronga murojaatida Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish va uning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring