Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi
![Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2595942138.jpg)
Qozon shahridan Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi. Bu haqida Sochi shahridagi aeroport matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Voqea aeroportdan 35 kilometr uzoqlikda ro‘y bergan. Bu vaqtda qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan edi. Yashin urganiga qaramay samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan va yo‘lovchilardan hech kimga zarar yetmagan.
Qo‘ngandan so‘ng samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va Vnukovodagi bazaga yuborildi. Moskvaga uchishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar esa boshqa reyslarga o‘tkazilgan. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Rimdan Moskva tomon uchayotgan Airbus A320 samolyotiga ham yashin tekkan edi. Ammo unga hech qanday shikast yetmagan va Sheremetevo aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter