Slovakiya fuqarosi ikkita konfet uchun 10 yilga qamalishi mumkin
Slovakiya fuqarosi supermarketdan ikkita shokoladni o‘g‘irlashda ayblanmoqda, prokuratura uni o‘n yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda, deya xabar beradi «Markiza TV».
Bunday jiddiy jazo o‘g‘rilik pandemiya davrida mamlakatda joriy etilgan favqulodda holat paytida sodir etilganligi bilan bog‘liq. Qayd etilishicha, o‘g‘irlangan konfetlarning qiymati bir necha yevroni tashkil etadi. Erkak esa, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat joyidan qochishga, hatto, harakat ham qilmagan.
Ayblanuvchining qarindoshlari hokimiyat sud jarayoniga aralashishi uchun Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputovaga murojaat qilishmoqchi. Biroq mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, prezident hukm chiqarilgandan keyingina jinoyatchini shaxsiy iltimosiga binoan avf etishi mumkin.
Avvalroq Slovakiyada qiymati ikki yevrodan sal oshadigan burgerni o‘g‘irlagan uysiz kishiga qattiq jazo tayinlangan edi. U o‘n besh yilga qamaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter