Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shved modeli»dan olimlar norozi

«Shved modeli»dan olimlar norozi

Foto: «Gazeta.ru»

Mamlakat koronavirusga qarshi qo‘llanayotgan kurash usullari shved olimlarida shubha uyg‘otmoqda. Eslatib o‘tamiz, Shvetsiyada, qo‘shni mamlakatlarga solishtirganda, ancha yumshoq choralar qo‘llanmoqda.

Shvetsiyada to‘liq karantin yo‘q: maktablar va bog‘chalar ishlayapti, restoranlar ochiq, maxsus ruxsatnomalar tatbiq etilmagan. Shuning barobarida fuqarolardan masofani saqlash, 50 dan ortiq odam bir joyga to‘planmasligi so‘ralmoqda.

Anders Tegnell

Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell shu strategiyaning boshida turganlardan biri. Mart oyida uning rejasiga Shvetsiyaning ikki ming nafar olimi qarshi chiqqandi. Muxoliflar ushbu strategiya samaradorligi hech bir isbotga ega emasligini dalillashmoqda.

«Koronavirusdan qurbonlar asosan keksalar davolanayotgan muassasalarda uchrayapti. Bu joylarda kasallik tarqab ketishga ulgurgan. Nega qo‘shni mamlakatlarda emas, aynan Shvetsiyada bunday bo‘ldi — biz mana shuni aniqlash payidamiz», — dedi Tegnell.

Shvetsiyada koronavirus bilan 33 mingdan ortiq fuqaro kasallangan va shulardan 4 ming nafari vafot etgan. Solishtirish uchun: qattiq karantin choralari qo‘llangan qo‘shni mamlakatlarda ahvol shunday: Daniyada 560 kishi, Norvegiyada 235 kishi koronavirus qurboniga aylandi.

«Men olimman, hukumatga emas, ma’lumotlarga ishonaman. Tanlangan strategiya eng yaxshi yo‘lligini isbotlay oladigan shaffof ma’lumotlarni esa ko‘rmayapman», — dedi virusolog Sesiliya Soderberg-Naukler.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring