Shvetsiya qamoqxonalarida joy yetishmayapti
Shvetsiya qamoqxonalarida joy tanqisligi kuzatilmoqda, muammo shu darajadaki hatto ayrim qamoqxonalar mahkumlarni qabul qilishga rad javobini bermoqda. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Masalan, o‘tgan hafta 45 ta penitensiar muassasadan 17 tasi joy yo‘qligi uchun mahkumlarni ortiga qaytarib yubordi.
Kameralar yetishmaganidan mahkumlarni uchrashuv xonalariga, bir kishilik kameralarga esa bir nechtalab mahkumlarni joylashyapti.
Qamoqxonalar xodimlari vaziyat yanada murakkablashishidan xavotirda, negaki mamlakatda ayrim qonunbuzarliklar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter