Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya naqd pullardan voz kechmoqchi

Shvetsiya naqd pullardan voz kechmoqchi

Foto: «Financial Times»

Shvetsiyada naqd pullardan foydalanishdan voz kechib, o‘rniga milliy valyuta — kronaning elektron analogini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Mamlakat moliya vaziri Per Bolund 2022-yilning noyabrida nihoyasiga yetadigan keng ko‘lamli tadqiqot boshlanganini e’lon qildi.

Shvetsiya hukumati raqamli valyuta ishlab chiqish masalasiga aslida oldinroq kirishgan. Rasman hukumatdan mustaqil mahalliy markaziy bank xuddi shu yo‘nalishdagi tadqiqotni «Accenture» xalqaro konsalting kompaniyasi bilan boshlab yuborgan.

2020-yili Shvetsiyada qog‘oz pullardan foydalanish tarixiy minimumga tushdi. Qog‘oz pullar mamlakatdagi to‘lovlarning 10 foizini ham tashkil etmaydi. Milliy yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu dunyodagi eng past ko‘rsatkich.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring