Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherlar uzoq yillar avval hayotini saqlab qolgan egasini tilka-pora qilib tashlashdi

Sherlar uzoq yillar avval hayotini saqlab qolgan egasini tilka-pora qilib tashlashdi

Foto: «Ok.ru»

JARda ikkita urg‘ochi arslon bir necha yillar muqaddam ularning hayotini saqlab qolgan egasini o‘ldirishdi. Yirtqich hayvonlar sayrga olib chiqqanda birdan odamga tashlanib, uni tilka-pora qilib tashlashdi, deb yozadi «The Daily Star».

Rafiqasining aytishicha, arslonlar odamga zarar yetkazishni xohlamagan. Shunchaki ular u bilan qandaydir shafqatsiz o‘yinni o‘ynashgan. Biroq o‘limning haqiqiy sababi murdani yorib ko‘rgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

2017-yilda ham bu sherlar odamni o‘ldirishgandi. Biroq egasi ularning yonini olgan va arslonlar tajovuzkor emasligiga hammani ishontirgan. Hozir ular yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan jonivorlar saqlanadigan joyda. Shundan so‘ng yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda.

Erkak ov qilish fermasida sherlarning hayotini saqlab qolgan. Pirovard natijada yirtqich mushuklar uning safari-parkida yashay boshlashgan va yovvoyi hayvonlarni ovlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring